Tashkilot haqida
Biz — O‘zbekiston Respublikasida Kichik va sanoat zonalarini rivojlantirish, muvofiqlashtirish va qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan tashkilotmiz. Bizning asosiy vazifamiz — hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va ishlab chiqarish salohiyatini oshirish uchun qulay muhit yaratishdir.
Faoliyatimiz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi PQ-2973-sonli qarori asosida biz quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritamiz:
-
Bo‘sh turgan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari asosida kichik sanoat zonalarini tashkil etish va boshqarish;
-
Kichik biznes subyektlariga binolarni uzoq muddatli ijaraga berish, investitsion majburiyatlar bajarilgan taqdirda keyinchalik sotib olish huquqi bilan;
-
Sanoat zonasi ishtirokchilarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini ta’minlash (mahalliy byudjet va tegishli tashkilotlar hisobidan);
-
Sanoat zonalari rezidentlariga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida idoroaro ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-martdagi PF-41-sonli Farmoniga asosan quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda ish olib borilmoqda:
-
Sanoat zonalariga 800 million AQSh dollari miqdorida investitsiyalarni jalb qilish;
-
Eksport hajmini 512,2 million AQSh dollariga yetkazish;
-
17 mingdan ortiq yangi doimiy ish o‘rinlari yaratish.
Maqsadlarimiz
Tashkilotimiz quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:
-
Ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va sanoat o‘sishini rag‘batlantirish;
-
Kichik va o‘rta biznesning barqaror rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish;
-
Aholi bandligini oshirish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash;
-
Investitsiya loyihalari va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni amalga oshirishga ko‘maklashish.
Biz sizga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etamiz:
-
Ko‘chmas mulkni imtiyozli ijara asosida berish va keyinchalik mulkka aylantirish imkoniyati;
-
Muhandislik tarmoqlariga ulanishda amaliy yordam;
-
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish va xalqaro bozorga chiqishdagi ko‘mak;
-
Har bir bosqichda yuridik va maslahat yordami.
Sizni O‘zbekistonning kichik va sanoat zonalarida biznesingizni muvaffaqiyatli rivojlantirishga chorlaymiz!
Asosiy maqsad va vazifalar
Kichik biznes va yoshlar biznesini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.
Shahar iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion va istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash.
Kichik sanoat zonalarini tashkil etish va samarali boshqarish, ularni zarur infratuzilma bilan ta’minlash.
Ish o‘rinlari yaratish orqali yoshlar va mahalliy aholi bandligini oshirishga hissa qo‘shish.
Shaharning sanoat sohasiga investitsiyalarni jalb qilish va mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
Ta’lim dasturlari va yangi texnologiyalardan foydalanish orqali kichik va o‘rta korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish.
Texnoparklarni rivojlantirish, innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar uchun sharoit yaratish.
Forumlar, treninglar va boshqa ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish orqali tadbirkorlik madaniyatini shakllantirish.
Rahbariyat

Usmanov Ikromjon Tojibaevich
+998 71 205 80 71- Direktor
- Qabul kunlari: Dushanba-Juma soat 10:00 dan 16:00 gacha
- ikromjon.usmanov@toshksz.uz

Udaev Shavkat J.
+998 71 205 80 71- Moliyaviy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
- Qabul kunlari: Dushanba-Juma soat 10:00 dan 16:00 gacha
- shavkat.udaev@toshksz.uz