Adliya vazirligi vakillari Sergeli kichik sanoat zonasiga tashrif buyurdi

Tashrif doirasida Adliya vazirligi xodimlari tomonidan Sergeli kichik sanoat zonasi hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun intellektual mulk sohasiga oid taqdimot o‘tkazildi. Unda tovar belgilari, mualliflik huquqlari, ixtirolarni patentlash tartibi, hamda intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, tadbirkorlar o‘zlarining yuzaga kelgan muammolari va savollarini bevosita mutaxassislar bilan muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbir ochiq va interaktiv shaklda o‘tkazilib, ishtirokchilarning faol ishtiroki kuzatildi.

Mazkur uchrashuv kichik sanoat zonasi rezidentlari uchun intellektual mulk sohasidagi bilim va tushunchalarni mustahkamlashga xizmat qildi hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Kontaktlar

Manzil
100022, Toshkent sh., Yakkasaroy t., Qushbegi ko'chasi, 6.
Ish vaqti
Dushanba-Juma, 8:00-17:00
Avtobuslar
№ 34, 79, 12, 45, 69, 3A, 9T, 32.
Marshrut taksilar
№ 19, 30, 31, 73, 78

Bizning manzilni xaritada ko'rishingiz mumkin

Izoh va savollaringizni yozing