Bektemir Kichik sanoat zonasida matbuot turi tashkil etildi
Matbuot turi doirasida OAV vakillari quyidagi ikki korxonaga tashrif buyurdi:
-
"Energo Systema" MChJ – elektroshitlar va transformatorlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan;
-
"Parlak Ambalaj" MChJ – Coca Cola, Cheers kabi yirik va o‘rta kompaniyalar uchun sifatli etiketkalar ishlab chiqaruvchi korxona.
Tashrif davomida jurnalistlarga ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologik uskunalar hamda korxonalarning mahsulotlari namoyish etildi. Shuningdek, kichik sanoat zonalarini rivojlantirish va hududning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari haqida so‘z yuritildi.
Mazkur tadbir mahalliy ishlab chiqaruvchilarga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, milliy mahsulotlarning ijobiy imidjini shakllantirish hamda tadbirkorlar yutuqlarini OAVda keng yoritishga xizmat qiladi.
Kontaktlar
Bizning manzilni xaritada ko'rishingiz mumkin
Izoh va savollaringizni yozing