Bektemir kichik sanoat zonasidagi tadbirkorlik faoliyati bilan tanishuv tashkil etildi

Tashrifdan asosiy maqsad – hududdagi amalga oshirilayotgan tadbirkorlik faoliyatini o‘rganish, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish hamda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazishdan iborat bo‘ldi.

Tashrif davomida Kichik Sanoat Zonasida faoliyat yuritayotgan korxonalarga borib ko‘rildi, ularning ish sharoiti, ishlab chiqarayotgan mahsulot turlari, eksport imkoniyatlari va texnologik jarayonlari o‘rganildi. Shu bilan birga, tadbirkorlar tomonidan uchrayotgan muammo va to‘siqlar tinglandi, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Muloqotlar jarayonida Kichik Sanoat Zonalarini yanada samarali faoliyat yuritishi uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, soliq va bojxona imtiyozlari, infratuzilmaviy qo‘llab-quvvatlash masalalari ham muhokama qilindi.

Direksiya rahbariyati tomonidan bu kabi tashriflar doimiy ravishda tashkil etilishi va tadbirkorlar bilan muloqot asosida ish olib borilishi qayd etildi.

Kontaktlar

Manzil
100022, Toshkent sh., Yakkasaroy t., Qushbegi ko'chasi, 6.
Ish vaqti
Dushanba-Juma, 8:00-17:00
Avtobuslar
№ 34, 79, 12, 45, 69, 3A, 9T, 32.
Marshrut taksilar
№ 19, 30, 31, 73, 78

Bizning manzilni xaritada ko'rishingiz mumkin

Izoh va savollaringizni yozing