Bektemir KSZda infratuzilma va landshaft yangilanmoqda

Toshkent shahrining Bektemir tumani hududida joylashgan Bektemir kichik sanoat zonasida hududni obodonlashtirish va tadbirkorlar uchun qulay muhit yaratish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni kunlarda sanoat zonasi hududida:

  • Yo‘laklar atrofi tozalanib, daraxt va butalar osti yumshatilmoqda;

  • Yashil hududlar yangidan hosil qilinmoqda va gulzorlar barpo etilmoqda;

  • Qum, qora tuproq va boshqa obodonlashtirish materiallari olib kelinib, zarur hududlarga taqsimlanmoqda.

Obodonlashtirish ishlari doirasida asfalt yo‘laklar atrofi bo‘yalib, piyodalar yo‘lagi va mashinalar harakatlanadigan yo‘nalishlar ajratib ko‘rsatildi.

Mazkur chora-tadbirlar sanoat zonasi infratuzilmasini yanada yaxshilash, ekotizimni sog‘lomlashtirish va tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan.

Kontaktlar

Manzil
100022, Toshkent sh., Yakkasaroy t., Qushbegi ko'chasi, 6.
Ish vaqti
Dushanba-Juma, 8:00-17:00
Avtobuslar
№ 34, 79, 12, 45, 69, 3A, 9T, 32.
Marshrut taksilar
№ 19, 30, 31, 73, 78

Bizning manzilni xaritada ko'rishingiz mumkin

Izoh va savollaringizni yozing