Importni qisqartirish va mahalliylashtirish yo'lida Direksiyaning yangi tashabbuslari
Toshkent shahar kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi tomonidan Yakkasaroy kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot shaklida davra suhbatlari o‘tkazildi. Ushbu muloqotlardan asosiy maqsad — sanoat zonalaridagi korxonalarning import hajmini kamaytirish va ishlab chiqarishda mahalliylashtirish darajasini oshirishdan iborat.
Shu munosabat bilan Direksiya hududida maxsus shourum tashkil etildi. Unda asosan xorijdan import qilinayotgan mahsulotlar joylashtirilgan bo‘lib, ushbu mahsulotlar tadbirkorlarga namoyish etilmoqda. Bu orqali ularga yangi loyihalarni amalga oshirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va ichki bozorda raqobatbardosh mahsulotlar yaratishda yo‘nalish ko‘rsatilmoqda.
Direksiyaning importni kamaytirish va mahalliylashtirish borasidagi asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
-
Lokal ta’minotchilarni aniqlash va mahalliylashtirishga ko‘maklashish – mahalliy korxonalarni import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishga jalb etish.
-
Yangi bozorlar va loyihalarni rivojlantirish, hamkorlikni kuchaytirish – sanoat zonalari ishtirokchilari o‘rtasida kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish.
-
O‘qitish va konsalting xizmatlari – tadbirkorlar ehtiyojiga mos bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.
-
Davlat yordamlarini jalb qilishga ko‘maklashish va eksport salohiyatini oshirish – eksportga yo‘naltirilgan loyihalarni rag‘batlantirish.
-
Yangi loyihalarni to‘liq qo‘llab-quvvatlash – “kalit topshirish” (turn-key) uslubida kompleks yechimlarni taklif etish.
Mazkur tashabbuslar orqali Direksiya mahalliy ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish, sanoatni diversifikatsiya qilish va yosh tadbirkorlarning imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Kontaktlar
Bizning manzilni xaritada ko'rishingiz mumkin
Izoh va savollaringizni yozing