Mirzo Ulug‘bek kichik sanoat zonasida 3 300 m² maydon yangilanib, tadbirkorlar uchun qulay sharoit yaratildi
Toshkent shahrida kichik biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Mirzo Ulug‘bek kichik sanoat zonasida uzoq yillardan buyon foydalanilmayotgan binolardan biri qayta ishga tushirildi.
Xususan, ushbu binoning 3 300 kvadrat metr pol qismi zamonaviy beton qoplama bilan ta'mirlandi. Bu esa mazkur obyektni iqtisodiy faoliyatga qayta jalb qilish va undan samarali foydalanish imkonini yaratdi.
Ta’mirlangan binoni tadbirkorlarga ijaraga berish orqali yiliga 700 million so‘m qo‘shimcha daromad olish rejalashtirilmoqda.
Mazkur tashabbus shahar hokimiyatining kichik sanoat zonalaridagi mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, ishlab chiqarishni kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan izchil siyosatining amaliy ifodasidir.
Kontaktlar
Bizning manzilni xaritada ko'rishingiz mumkin
Izoh va savollaringizni yozing