Mirzo Ulug'bek kichik sanoat zonasida obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari amalga oshirildi

2025-yil 14–15-iyun kunlari Toshkent shahar Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi xodimlari va tegishli ishchilar tomonidan Mirzo UIug'bek kichik sanoat zonasi hududida obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha kompleks ishlar amalga oshirildi.

Tadbir doirasida hududga yangi tabiiy gazonlar yotqizilib, yashil hududlar barpo etildi. Yangi ekilgan gazonlar va o‘simliklar uchun zamonaviy yerosti sug‘orish tizimi o‘rnatildi, bu esa ushbu yashil maydonlarni doimiy va samarali ravishda sug‘orishga imkon beradi. Bundan tashqari, ko‘rk va fayz bag‘ishlash maqsadida hududga yangi gullar ham ekildi va ular ham sug‘orish tizimiga ulanib, muntazam parvarishlanishi yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, hududdagi qurib qolgan daraxt qoldiqlari olib tashlandi, ochiq maydonlar va yo‘llarga chang ko‘tarilmasligi uchun suv sepildi, natijada atrof-muhit yanada ozoda va saranjom holatga keltirildi. Ushbu tashabbuslar sanoat zonasi ekologik holatini yaxshilash, qulay va zamonaviy ish muhitini yaratish, shuningdek, korxonalar va tashrif buyuruvchilar uchun yanada obod muhit shakllantirishga xizmat qiladi.

Kontaktlar

Manzil
100022, Toshkent sh., Yakkasaroy t., Qushbegi ko'chasi, 6.
Ish vaqti
Dushanba-Juma, 8:00-17:00
Avtobuslar
№ 34, 79, 12, 45, 69, 3A, 9T, 32.
Marshrut taksilar
№ 19, 30, 31, 73, 78

Bizning manzilni xaritada ko'rishingiz mumkin

Izoh va savollaringizni yozing