Mirzo Ulug‘bek KSZda “SLEEVE-PRINT SYSTEMS” MCHJda 5S tizimi joriy etildi
📍 Mirzo Ulug‘bek kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan “SLEEVE-PRINT SYSTEMS” MCHJda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ish muhitini yanada tartibga solish maqsadida 5S tizimi muvaffaqiyatli joriy etildi.
Mazkur tizim doirasida ishlab chiqarish maydonida ajratish, saralash, tozalash, tartibni saqlash va intizom kabi tamoyillar asosida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Natijada ishlab chiqarish hududi tozalandi, keraksiz buyumlar olib chiqildi, harakatlanish yo‘laklari maxsus chiziqlar bilan belgilandi hamda barcha asbob-uskunalar tizimli ravishda joylashtirildi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, 5S tizimini joriy etish orqali nafaqat ish samaradorligi, balki xodimlar uchun xavfsiz, qulay va intizomli mehnat muhiti yaratishga erishildi.
Ushbu amaliyot kelgusida kichik sanoat zonasidagi boshqa korxonalar uchun ham namunaviy tajriba sifatida xizmat qilishi kutilmoqda.
Kontaktlar
Bizning manzilni xaritada ko'rishingiz mumkin
Izoh va savollaringizni yozing