Polshaga eksport masalalari bo‘yicha to‘qimachilik sohasi tadbirkorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun to‘qimachilik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan hamkorlik uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur tadbir Polshaga Eksport Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida to‘qimachilik korxonalarining eksport salohiyatini oshirish, Polsha hamda Yevropa Ittifoqi bozorlariga chiqish imkoniyatlari, mahsulot sifatiga qo‘yiladigan talablar, sertifikatlash jarayonlari va logistika masalalari muhokama qilindi. Assotsiatsiya vakillari tomonidan Polsha bozoridagi mavjud talab va tendensiyalar, eng ko‘p xarid qilinayotgan mahsulot turlari hamda eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, mahsulotlarni Yevropa standartlariga moslashtirish, eksport hujjatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirish va xorijiy hamkorlar bilan uzoq muddatli shartnomalar tuzish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur uchrashuv mahalliy ishlab chiqaruvchilar va eksport infratuzilmasi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, milliy to‘qimachilik mahsulotlarining xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Kontaktlar
Bizning manzilni xaritada ko'rishingiz mumkin
Izoh va savollaringizni yozing