Sergeli kichik sanoat zonasida Fuqaro muhofazasi boʻyicha maxsus-taktik o'quv mashg'uloti o’tkazildi
Sergeli kichik sanoat zonasida Fuqaro muhofazasi boʻyicha maxsus-taktik o'quv mashg'uloti o’tkazildi. Oʻquv mashgʻuloti, sanoat zonasining ishchi xodimlari tarkibidan tuzilgan fuqaro muhofazasi tuzilmalari va tegishli tashkilotlar hamkorligida o'tkazildi.
Mashgʻulotda obyekt fuqaro muhofazasi tuzilmalari shartli ravishda sodir boʻlgan zilzilada jabrlanganlarni qutqarish, jarohatlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish, yuz bergan yongʻinni bartaraf etish va evakuatsiya qilish ishlarini amalga oshirdilar. Manzilga yetib kelgan qutqaruvchilar, jabrlangan insonlarni zudlik bilan qutqarish hamda ularga birinchi tibbiy yordam ko'rsatish, fuqarolarni xavfsiz joyga evakuatsiya qilish bo'yicha amaliy harakatlarni bajarish orqali Kichik sanoat zonasining fuqaro muhofazasi tuzilmalarini bu boradagi bilim-ko'nikmalarini oshirdilar.
Kontaktlar
Bizning manzilni xaritada ko'rishingiz mumkin
Izoh va savollaringizni yozing