"Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" AJ va Toshkent shahar sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Joriy yilning 01-avgust sanasida “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” АJ Toshkent shahar filiali Toshkent shahar filiali boshligʼi Аvlaev Аli Boyirovich, va “Toshkent shahar kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi boshqarma boshligʼi Аbdushukurov Samandar Baxodirovich hamkorlik toʼgʼrisidagi anglashuv memorandumini imzoladilar.
Tadbir doirasida sanoat zonalaridagi qoʼshimcha investitsiya loyihalarini amalga oshirish niyatidagi va moliyaviy yordamga muxtoj tadbirkorlar ishtirok etishdi hamda taqdimotlar bilan tanishtirildi. Mazkur memorandumning maqsadi — tadbirkorlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlik subʼektlarini qoʼllab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda, tadbirkorlikni rivojlantirishda hamkorlik qilish, tadbirkorlik subʼektlari bilan uchrashuvlar, seminarlar, forumlar tashkil etish orqali oʼzaro manfaatli hamkorlikni amalga oshirishdir
Tomonlar quyidagi yoʼnalishlarda hamkorlikni yoʼlga qoʼyishga kelishib oldilar:
• Biznes-loyihalarni tahlil qilish va qoʼllab-quvvatlash;
• Loyihalarni amalga oshirishda mentorlik va konsalting xizmatlarini koʼrsatish;
• Tadbirkorlik subʼektlari bilan uchrashuvlar, seminar va forumlar tashkil etish;
• Tadbirkorlar uchun qoʼllab-quvvatlash instrumentlari va moliyaviy yordamlar toʼgʼrisida axborotlar berish;
• Qonunchilik va regulyatsiya sohasidagi maslahatlar bilan taʼminlash;
• Umumiy tadbirlar (seminarlar, biznes-missiyalar, yarmarkalar) oʼtkazish.

Kontaktlar

Manzil
100022, Toshkent sh., Yakkasaroy t., Qushbegi ko'chasi, 6.
Ish vaqti
Dushanba-Juma, 8:00-17:00
Avtobuslar
№ 34, 79, 12, 45, 69, 3A, 9T, 32.
Marshrut taksilar
№ 19, 30, 31, 73, 78

Bizning manzilni xaritada ko'rishingiz mumkin

Izoh va savollaringizni yozing