Toshkent shahar Bektemir tumani sanoat zonasiga tashrif amalga oshirildi

Toshkent shahar sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi, Eksportchilar uyushmasi hamda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ mas’ul xodimlari tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan yaqindan tanishish, moliyaviy yordam ko‘rsatish bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazish, shuningdek ishlab chiqarilayotgan mahsulotlardan namunalar olish maqsadida sanoat zonalari hududlariga tashriflar amalga oshirildi.

Mazkur tashriflarning asosiy maqsadi – sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan korxonalarning hozirgi holatini o‘rganish, ularning eksport salohiyatini kengaytirish imkoniyatlarini aniqlash hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat bo‘ldi.

Shu bilan birga, korxonalar bilan o‘tkazilgan muloqotlar jarayonida mavjud muammolar o‘rganildi, ularni hal etish yuzasidan amaliy choralar ishlab chiqildi va istiqboldagi rejalar belgilandi.

Bunday tashabbuslar sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan ishlab chiqaruvchilarning ichki bozordagi barqaror rivojlanishini ta’minlash bilan birga, ularning xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

Kontaktlar

Manzil
100022, Toshkent sh., Yakkasaroy t., Qushbegi ko'chasi, 6.
Ish vaqti
Dushanba-Juma, 8:00-17:00
Avtobuslar
№ 34, 79, 12, 45, 69, 3A, 9T, 32.
Marshrut taksilar
№ 19, 30, 31, 73, 78

Bizning manzilni xaritada ko'rishingiz mumkin

Izoh va savollaringizni yozing