Toshkent shahar hokimligi binosida tadbirkorlar taqdirlandi
Toshkent shahar hokimligi binosida sanoat zonalari hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida tadbirkorlarning hisobot davridagi faoliyati har tomonlama tahlil qilinib, ularning Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, yangi ish o‘rinlari yaratishga, ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga qo‘shgan hissasi baholandi.
Samarali faoliyat ko‘rsatgan tadbirkorlar investitsiya, ishlab chiqarish, innovatsiya va eksport yo‘nalishlaridagi yutuqlari uchun turli nominatsiyalar bo‘yicha sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bunday tadbirlar tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash va sanoat zonalarining barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.
Kontaktlar
Bizning manzilni xaritada ko'rishingiz mumkin
Izoh va savollaringizni yozing