Toshkent shahar kichik va yoshlar sanoat zonasi tashabbusi bilan Toshkent shahar hokimligi majlislar binosida “Eksport, investitsiyalar va sanoatni rivojlantirish yo‘nalishida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida” hamkorlik memorandumi imzolandi
Toshkent shahar kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi tashabbusi bilan Toshkent shahar hokimligi majlislar binosida “Eksport, investitsiyalar va sanoatni rivojlantirish yo‘nalishida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida” hamkorlik memorandumi imzolandi.
- “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ,
- “O’zbekiston eksportchilari uyushmasi”,
- “O’zbekinvest eksport-import sug‘urta kompaniyasi” AJ,
- O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi
O’zaro manfaatli, uzoq muddatli va tizimli hamkorlikni yo’lga qo’yish maqsadida tuzildi.
Mazkur memorandum O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil
4-martdagi PF-41-sonli Farmoni asosida sanoat zonalarida investitsiyalarni jalb qilish, eksport hajmini oshirish, milliy mahsulotlarning xalqaro bozorlarga olib chiqish bo’yicha belgilangan ustuvor vazifalarning ijrosiga xizmat qiladi.
Ushbu memorondumda KSZ faoliyat olib borayotgan eksportchi korxonalarga memorandum bo'yicha ko'zlanayotgan maqsadli ishlar tog'risida tushuntirishlar berildi.
Kontaktlar
Bizning manzilni xaritada ko'rishingiz mumkin
Izoh va savollaringizni yozing