Toshkent shahar sanoat zonalari ishtirokchilari uchun yangi istiqbolli bozor — Afg‘oniston!
2025 yil 10–13 may kunlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vahabov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘oniston Islom Respublikasiga rasmiy tashrif buyurdi.
Delegatsiya tarkibida Toshkent shahar kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish Direksiyasining Sanoat zonalarini tartibga solish, rivojlantirish va hokimliklar bilan kooperatsiya qilish boshqarmasi boshlig‘i Abdushukurov Samandar Bahodirovich ham ishtirok etdi.
Tashrifdan asosiy maqsad — Toshkent shahri sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning eksport salohiyatini oshirish, mahalliy mahsulotlarni Afg‘oniston bozoriga chiqarish va ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Qobul va Mozori-Sharif shaharlarida rasmiy idoralar, savdo uylari hamda ulgurji bozorlarga tashriflar, shuningdek, oziq-ovqat, elektrotexnika va qurilish materiallari yo‘nalishlarida afg‘on tadbirkorlari bilan B2B uchrashuvlar tashkil etildi.
Abdushukurov S.B. tomonidan sanoat zonalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va eksportni kengaytirish masalalari yuzasidan amaliy takliflar bildirildi.
Kontaktlar
Bizning manzilni xaritada ko'rishingiz mumkin
Izoh va savollaringizni yozing