Toshkent shahrida Respublika kichik sanoat zonalari rahbarlari uchun o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi

2025-yil 27–28-iyun kunlari Toshkent shahar kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi tomonidan Respublika bo‘ylab kichik sanoat zonalari direktorlariga mo‘ljallangan o‘quv seminar tashkil etildi.

Seminar davomida Yakkasaroy, Bektemir va Mirzo Ulug‘bek tumanlaridagi kichik sanoat zonalariga tashriflar amalga oshirildi. Ishtirokchilar ishlab chiqarish jarayonlari, amaldagi loyihalar va mahsulotlar bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbirda Direksiya rahbariyati, “O‘zbekiston eksportchilari uyushmasi”, “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ va boshqa mutaxassislar tomonidan taqdimotlar o‘tkazildi hamda kichik sanoat zonalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, eksportni rivojlantirish, Markaziy Osiyo davlatlarida shourumlar va savdo uylarini ochish masalasi, direksiya xodimlari malakasini oshirish, hududlardagi loyihalar kataloglarini ishlab chiqish, barcha loyihalarni yagona elektron bazaga integratsiya qilish, hududlararo kooperatsiyani yo’lga qoyish masalalari muhokama qilindi.

Tashriflar yakunida ochiq muloqotlar o‘tkazilib, mavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha takliflar bildirildi.

Kontaktlar

Manzil
100022, Toshkent sh., Yakkasaroy t., Qushbegi ko'chasi, 6.
Ish vaqti
Dushanba-Juma, 8:00-17:00
Avtobuslar
№ 34, 79, 12, 45, 69, 3A, 9T, 32.
Marshrut taksilar
№ 19, 30, 31, 73, 78

Bizning manzilni xaritada ko'rishingiz mumkin

Izoh va savollaringizni yozing