Toshkent shahridagi kichik sanoat zonalarining tadbirkorlari Afgʻonistonning Mozori Sharif shahrida oʻtkazilgan “Made in Uzbekistan” koʻrgazmasida ishtirok etdilar

Ushbu tadbirda Toshkent shahridagi kichik sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan 20 dan ortiq tadbirkorlar faol ishtirok etib, oʻz mahsulotlarini namoyish etdilar.

Koʻrgazmada toʻqimachilik, oziq-ovqat, qurilish materiallari, kimyo sanoati va mashinasozlik kabi sohalarga oid keng assortimentdagi mahsulotlar taqdim etildi. Bu mahsulotlar poytaxtimizdagi kichik sanoat zonalarida ishlab chiqarilgan boʻlib, eksport salohiyatining oshib borayotganini yaqqol namoyon etdi.

Tadbirkorlarimiz afgʻonistonlik hamkorlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri uchrashuvlar oʻtkazib, savdo shartnomalarini tuzиш boʻyicha muzokaralar olib bordilar. Afgʻonistonlik ishbilarmonlar Oʻzbekiston mahsulotlariga katta qiziqish bildirdilar, ularning sifati va narxlarining raqobatbardoshligini alohida taʼkidladilar.

Mazkur koʻrgazma Oʻzbekiston kichik sanoat zonalarining xalqaro maydondagi ishtiroki va “Made in Uzbekistan” brendining tashqi bozorlarda ilgari surilayotganidan dalolat beradi.

Kontaktlar

Manzil
100022, Toshkent sh., Yakkasaroy t., Qushbegi ko'chasi, 6.
Ish vaqti
Dushanba-Juma, 8:00-17:00
Avtobuslar
№ 34, 79, 12, 45, 69, 3A, 9T, 32.
Marshrut taksilar
№ 19, 30, 31, 73, 78

Bizning manzilni xaritada ko'rishingiz mumkin

Izoh va savollaringizni yozing