Toshkent shaxri sanoat hududlarida amalga oshirilayotgan kompleks ekologik tadbirlar
Toshkent shaxri sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi sanoat hududlarida ekologik holatni yaxshilash bo‘yicha muntazam va kompleks ishlarni olib bormoqda. Amalga oshirilayotgan tadbirlar doirasida, ayniqsa, yashil hududlarni barpo etish va ularni muntazam ravishda saqlab turishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa sanoat zonalarida qulay ekologik muhit shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Mavjud yashil maydonlar, shuningdek, ular atrofida o‘rnatilgan sug‘orish tizimlari va favvoralar havodagi chang miqdorining kamayishiga hamda atrof hududlarda mikroiqlimning yaxshilanishiga xizmat qilmoqda. Ushbu choralar korxona xodimlari hamda yaqin hudud aholisi uchun yanada qulay yashash va mehnat sharoitlarini ta’minlash, shuningdek ekologik barqaror shahar muhitini yaratishga qaratilgan.
Kontaktlar
Bizning manzilni xaritada ko'rishingiz mumkin
Izoh va savollaringizni yozing