Uchtepa kichik sanoat zonasida obodonlashtirish ishlari jadal davom etmoqda

Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi Uchtepa kichik sanoat zonasida hududni yanada tartibga keltirish va ekologik holatini yaxshilash maqsadida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur tashabbus doirasida quyidagi asosiy ishlar bajarildi:

  • Yangi suv quvurlari tortilib, daraxtlar va yashil maydonlarni samarali sug‘orish tizimi yo‘lga qo‘yildi;

  • Hudud barcha chiqindilardan tozalandi;

  • Yer maydonlari yumshatilib, qo‘shimcha daraxt va buta ko‘chatlari ekildi;

  • Piyodalar yo‘laklari hamda yo‘llar chetidagi hududlar tozalanib, tekislandi;

  • Yoritish chiroqlari yangilandi va qo‘shimcha chiroqlar o‘rnatildi.

Obodonlashtirish ishlari doimiy ravishda davom ettirilmoqda. Ushbu tadbirlar hududdagi korxonalar uchun qulay sharoitlar yaratish, mehnat unumdorligini oshirish hamda kichik sanoat zonasining infratuzilmasini yanada yaxshilashga qaratilgan.

Kontaktlar

Manzil
100022, Toshkent sh., Yakkasaroy t., Qushbegi ko'chasi, 6.
Ish vaqti
Dushanba-Juma, 8:00-17:00
Avtobuslar
№ 34, 79, 12, 45, 69, 3A, 9T, 32.
Marshrut taksilar
№ 19, 30, 31, 73, 78

Bizning manzilni xaritada ko'rishingiz mumkin

Izoh va savollaringizni yozing