Uchtepa sanoat zonasida ishlab chiqarish korxonalari faoliyati o‘rganildi
Uchtepa sanoat zonasida joylashgan korxonalarda olib borilayotgan ish jarayonlari bilan tanishish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Fayziyeva Vasila hamda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Jiyanbayev Otabek,“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi xodimlari tashrif buyurdi.
Tashrif davomida delegatsiya tomonidan “Alpha Plast” hamda “Techno Cable” korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud quvvatlar hamda yaratilgan ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishildi. Korxonalar rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari va kelgusidagi rivojlanish rejalari yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida sanoat zonalarida tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Kontaktlar
Bizning manzilni xaritada ko'rishingiz mumkin
Izoh va savollaringizni yozing