Yoshlar bandligini ta’minlash uchun memorandum imzolandi
Toshkent shahar kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi, Shayxontohur tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi va Latviya Respublikasining "Presision Sertifi" QK o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
🤝 Memorandumning asosiy maqsadi - kasbiy ta’limni rivojlantirish va ishlab chiqarish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Hamkorlik doirasida qo‘yidagi ishlar amalga oshiriladi:
- Ilmiy, pedagogik va ishlab chiqarish mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish.
- Kichik va yoshlar sanoat zonalaridagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish.
-Kichik va yoshlar sanoat zonasida faoliyat olib borayotgan korxonalardagi bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlab berish.
-Qisqa muddatli kurslar tashkil etish va sertifikat berish.
- "Dual ta’lim" yo‘nalishi bo‘yicha o'quv kurslari tashkil etish.
- Xalqaro ISO sertifikatlarini olishda ko‘maklashish.
Shuningdek, markaz tomonidan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi va bitiruvchilarni ishga joylashishiga yordam beriladi.
Hamkorlik kelishuvi ikki tomonlama manfaatli bo‘lib, kelgusida yoshlarni ish bilan band bo‘lishini ta’minlaydi.
Kontaktlar
Bizning manzilni xaritada ko'rishingiz mumkin
Izoh va savollaringizni yozing